Table database

 

“OʻZMAXSUSMONTAJQURILISH” AKSIYADORLIK KOMPANIYASI

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 27-fevraldagi “Montaj va maxsus qurilish ishlarini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2136 - sonli qarori asosida tashkil etilgan.

Kompaniya 1965-1992-yillarda faoliyat koʻrsatgan Montaj va maxsus qurilish ishlari vazirligi va 1992 - 2014 - yillarda faoliyat koʻrsatgan “Oʻzmontajmaxsusqurilish” uyushmasining huquqiy vorisi hisoblanadi.

Kompaniyadagi tarkibiy tashkilot va korxonalar tomonidan asosan ikki yoʻnalishda, yaʼni montaj, maxsus qurilish va qurilish ishlarini bajarish hamda import oʻrnini bosuvchi sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish sohalarida faoliyat yuritadi.

Hozirgi paytda Kompaniya tarkibida jami 103 ta tashkilot va korxonalar faoliyat koʻrsatmoqda. Shundan 86 tasi montaj va maxsus qurilish ishlariga ixtisoslashgan qurilish tashkilotlari hamda 17 tasi sanoat korxonalaridir.



Kompaniya faoliyatining predmeti va maqsadlari


 


Kompaniyani tashkil etishdan asosiy maqsad Kompaniyaning moliyaviy-xoʻjalik faoliyatidan aksiyadorlar manfaatlari uchun foyda olishdir.


Quyidagilar Kompaniya faoliyatining asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari hisoblanadi:


- Kompaniya tarkibiga kiruvchi korxona va tashkilotlarning respublika hududlarida iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlash boʻyicha tasdiqlangan dasturlar, shuningdek ijtimoiy sohani rivojlantirish boʻyicha maqsadli davlat dasturlari doirasida maxsus va montaj qurilish ishlarining toʻliq majmuini bajarishni taʼminlash boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtirishni amalga oshirish;


- maxsus va montaj qurilish ishlari bozorida marketing tadqiqotlarini oʻtkazish, kompaniya tarkibiga kiruvchi korxona va tashkilotlarga umumqurilish pudrat tashkilotlari bilan buyurtmalarni shakllantirishda shartnomaviy-huquqiy munosabatlarni tashkil qilish va takomillashtirish;


- zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarni keng qoʻllash asosida innovatsiya texnologiyalari va ilgʻor montaj tizimlarini joriy etish, shuningdek ularni sanoatlashtirish, maxsus qurilish-montaj ishlarini tashkil qilishni takomillashtirish; 


- Kompaniya tarkibiga kiruvchi korxona va tashkilotlarga bajarilayotgan ishlarning sifatini oshirishda, litsenziya talablariga va qurilish meʼyori va qoidalariga amal qilishda koʻmaklashish;


- Kompaniya tarkibiga kiruvchi korxona va tashkilotlarning muhandis-texnik va ishchi kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha ishlarni tashkil etish.


Maxsus ruxsatnoma (litsenziya) talab qilinadigan faoliyat turlari tegishli ruxsatnoma (litsenziya) olingandan soʻng amalga oshiriladi.


Kompaniya yuqorida koʻrsatilgan faoliyat turlaridan tashqari tadbirkorlik faoliyatining qonunchilikka zid kelmaydigan boshqa turlari bilan shugʻullanishi mumkin.


Kompaniya ustavi


загрузка карты...